Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi dalalardan birida boʻyin qismi oʻtkir tigʻ bilan kesilgan jasad topilgani haqida xabar bergandek.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov soʻroviga asosan bu xabarni tasdiqadi. 11 noyabr kuni soat 16:30 da Mirzaobod tumani IIB xabariga asosan, Mirzaobod tumani, «Bek klaster»ga tegishli dala maydoni hududida 53 yoshli Gʻ.A.ning murdasi boʻyin sohasi kesilgan holatdagi tan jarohati bilan topilgan.
Voqea joyini koʻzdan kechirish davomida dastasi jigarang oshxona pichogʻi, «Rapira» nomli lezviya va boshqa zarur buyumlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Gʻ.A.ning vafot etgani yuzasidan tayinlangan sudga oid komission ekspertizasining dastlabki xulosasida uning oʻlimiga boʻyin sohasi qon tomirlari traxeya va qiziloʻngachni kesilishi va tashqi qon ketishi sabab boʻlgani koʻrsatilgan.
Tarqalgan xabarlarda jasadning katta ehtimol bilan harbir ekanligi aytilgandi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbarining aniqlik kiritishicha, marhum FVV Mirazaobod tumani boʻlimida ishchi boʻlib ishlagan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzaobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.