Bolalikni tark yetmay turib, bola dunyoga keltirgan qiz…

Qirg‘istonning Bishkek shahrida Namangan viloyatida ro‘yxatga olingan o‘zbekistonlik 15 yoshli qiz farzand dunyoga keltirgan. Bu haqda mahalliy nashrlarda xabar berildi.

Shuningdek, Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh ginekologi Raisa Asilbasheva ushbu ma’lumotni tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tug‘ruq sezaryen yo‘li bilan amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, boshqa holatlar huquq-tartibot idoralari tomonidan aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 13 yoshli qiz homilador bo‘lib qolgani aytilayotgani haqida xabar bergan edik.