Yana Chiroqchi! Bir guruh haydovchilar YPX xodimlari ustidan shikoyat qilib chiqdi—Video

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida oʻtkazilatgan reydlardan bir guruh haydovchilar norozi ekanini maʼlum qilishdi. Holatga viloyat IIB munosabat bildirdi.


Maʼlum boʻlishicha, 2021 yil 27 noyabr kuni Chiroqchi tumani hududi boʻylab harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisasini oldini olish, qoidabuzar haydovchilarni aniqlash maqsadida, IIB YHXB xodimlari xizmatga jalb qilingan.

Soat taxminan 13:20 lar chamasida Chiroqchi tumani Rayonobod mahallasi yoʻlida “Cobalt” rusumli avtomashinasi tovush chiqaruvchi moslamasini oʻzgartirib (qayta jihoz) qilganligi uchun toʻxtatilgan.

YPX inspektori oʻzini tanishtirib, haydovchi SH.E.ga sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan tushuncha berib, maʼmuriy bayonoma rasmiylashtirgan.


Fuqaro SH.E sodir etgan qoidabuzarligini tan olmasdan, unga nisbatan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomaga imzo qoʻymagan.

Belgilangan tartibda xolislar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik saqlash jarima maydonchasiga joylashtirgan, deyiladi maʼlumotda.