Oʻzbekistonda yana changli boʻron koʻtarilishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi barcha vazirlik va idoralarga shoshilinch axborotnoma yoʻlladi.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 1-2 dekabrda Oʻzbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan juda iliq va quruq havo kirib kelishi kutilmoqda.

1-2 dekabr kunlari havo haroratining keskin koʻtarilishi fonida respublika boʻyicha shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim viloyat va tumanlarda changli boʻron hamda chang gʻuborlari koʻtarilish kuzatilishi mumkin.