Rossiya muhojirlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenovning fikricha, rasmiy diasporalar soni kam va jamiyatda kerakli taʼsirga ega emas. Oʻzbekistonlik muhojirlarning esa rasmiy diasporasi va alohida rahbarlari mavjud emas. Bu haqda NSN matbuot markazidagi yigʻilishda aytib oʻtgan.
Jamiyat milliy diasporalarning ogʻirligini boʻrttirib koʻrsatmoqda, ular aslida paydo boʻlayotgan bir qator muammolarni hal qila olmaydi, dedi Rossiya muhojirlari federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov.
«Bizda diasporalar bor, barcha xalqlarda biror narsaga taʼsir qiladigan jiddiy rahbarlar bor, deb tez-tez aytiladi. Biz bu afsonaviy holat ekanligi haqdia doimo bahslashdik. Agar eng yirik diasporalarni, masalan, Oʻzbekiston Respublikasidan kelgan muhojirlarni oladigan boʻlsak, ular koʻpchilikni tashkil qilishiga qaramasdan, alohida yetakchilari mavjud emas. Alohida-alohida viloyatlarda mahalliy tashkilotchi odamlari, maʼlum hurmatga sazovor kishilari bor, lekin roʻyxatga olingan barcha diasporalarning jiddiy taʼsiri yoʻq. Soʻrovnomalarda ular ishsiz vaziyatda qayerga murojaat qilishlari soʻralgan. Uch foizdan kam odam diasporaga murojaat qilishini aytib oʻtgan», —deya maʼlum qilgan u.
Bugungi kunda Rossiyadagi muhojirlarning oʻrtacha maoshi 47 ming rublni tashkil etadi, orzu qilingan daromad esa 77 mingga yaqinlashmoqda,— deya taʼkidlagan Vadim Kojenov.