«Oxiridan ikkinchi»: O’zbekiston jahon indeksida

Jahon odil sudlov loyihasi xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan yuritiladigan «Huquq ustuvorligi» indeksining «Qonunlarga rioya qilish» indikatorining «Hukumat sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz mulkni musodara qilmasligi» subindikatorida (2021 yil hisobotida) O‘zbekiston maksimal 1 balldan 0.25 ball bilan 139 ta mamlakat ichida 138- o‘rinni egallagan.
Indeksda ma’lum qilinishicha, so‘nggi to‘rt yil davomida qonun ustuvorligining umumiy ko’rsatkichlari yaxshilanganidan ko’ra ko’proq mamlakatlarda pasayish kuzatilgan.

Global COVID-19 pandemiyasi hukmron boʻlgan bir yilda soʻrovda qatnashgan mamlakatlarning 74,2 foizida qonun ustuvorligi darajasi pasaygan, atigi 25,8 foizi esa yaxshilangan. Joriy yilda pasayish kuzatilgan 74,2 foiz mamlakatlar dunyo aholisining 84,7 foizini yoki taxminan 6,5 milliard kishini tashkil etadi.
Xo‘sh, O‘zbekistonning bu qadar, deputatimiz talqinicha, sharmandali ahvolga kelib qolishiga nimalar sabab bo‘ldi ekan? O‘z vaqtida haqqini undira olmay, 12 yillik da’vo va sud qarorlari bilan yurgan nogironmi? Yo bo‘lmasam, ijaralarda sarson bo‘layotgan 16 oilaning aybsiz aybdorlarimi? Balki, poytaxtda poymol bo‘lgan adolatni izlab, 3,5 yillik umri goh u, goh bu eshikka termilib o‘tganlarmi?
O‘zbekistonda og‘irdan-og‘ir, og‘riqlidan-og‘riqli mavzu «snos»lar uchun kompensatsiya berilmasligi bo‘lib qolmoqda. Bu va bu kabi og‘iqli masalalariьiz ko‘p, ammo yechim qachondir topilarmikan?!
Savollar bisyor, savollar ochiq. Biz esa, natijalar bo‘lishiga faqatgina umid bog‘laymiz. xolos.

Mavzuga oid:

Yer sotarmonlarga tegishli choralar ko’rildi