Bugungi hayotimizni avtomobillarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi.Oramizda o‘z shaxsiy avtomashinasiga ega bo‘lgan yoki boshqa holatlarda ma’lum transport vositalarini boshqaradigan odamlar juda ko‘p.
Rulga oʻtirar ekan, oʻzi va yoʻlovchilar hayoti uchun javobgar ekanligini his qilish har bir haydovchi uchun eng muhim masala. Negaki, butun dunyoda yo‘llardagi o‘limli avariyalar uchun asosiy aybni an’anaviy ravishda haydovchilarning yelkasiga yuklash odatga aylangan. “Haydovchilar o‘zini sal mas’uliyatliroq tutsa, avariyalar ham kamroq bo‘lardi”, degan fikr ustuvorroq. Haydovchilarga tezlikni me’yordan oshirish yoki bayramona ziyofatdan so‘ng mast holda rulga o‘tirish qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi uqtiriladi, qoidabuzarlar uchun jarimalardan tortib haydovchilik huquqidan mahrum qilishgacha bo‘lgan har turli jazo choralari o‘ylab topiladi.
Biroq ularning hammasi ham yo‘l harakati qoidalari va uning ortidan bajarilishi shart bo‘lgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega emas. Bu esa har doim katta muammolarga sabab bo‘lgan. Xo‘sh ushbu holatlarni oldini olish uchun nima qilish kerak?
Avvalo transport vositalaridan muntazam foydalanadiganlar yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun to‘lanadigan jarima va javobgarliklar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Bu bir qancha muammolarni bartaraf etishga yordam beradi. Sababi jarima miqdorini ko‘rgan va bilgan haydovchilar kamdan-kam hollardagina qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yadi.
Shu sababdan kelin chiqib, 2022 – yil yanvar holati jarimalar miqdorini keltirib oʻtamiz.
• Kamar taqmaslik – 135 000 (94 500) so‘m
• Texnik ko‘rik, aptechka – 135 000 (94 500) so‘m
• Hujjatsiz yurish – 270 000 (189 000) so‘m
• Sug‘urtasiz haydash – 270 000 (189 000) so‘m
• Qizilda o‘tish – 540 000 (378 000) so‘m
• Noto‘g‘ri parkovka – 540 000 (378 000) so‘m
• Telefonda gaplashish – 810 000 (567 000) so‘m
• Raqamsiz haydash – 1 350 000 (945 000) so‘m
• Tezlikni oshirish (20 km/s) – 270 000 (189 000) so‘m
• Tezlikni oshirish (20-40 km/s) – 1 350 000 (945 000) so‘m
• Tezlikni oshirish (+40 km/s) – 2 430 000 (1 701 000) so‘m
• Qarama-qarshi harakatlanish – 2 700 000 (1 890 000) so‘m
• Mast holda haydash – 4 050 000 (2 835 000) so‘m yoki 3 yilgacha pravadan mahrum qilish
• Ruxsatsiz tonirovka – 6 750 000 (4 725 000) so‘m
❗️Qavs ichida berilganlar 15 kun ichida to‘langanda 70 foizlik chegirma miqdori.
Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish nafaqat o‘z sog‘ligingizga yetishi mumkin bo‘lgan turli zararlardan himoyalaydi, balki jarimaga to‘lanadigan pulni o‘z oilangiz uchun sarflashingizga imkoniyat yaratadi.