Kecha yurtimizda 820 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, umumiy sogʻayish koʻrsatkichi 97 foizga tushdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati maʼlum qildi.
2022 yil 13 yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 203297 (+824) nafarni tashkil etmoqda.
Maʼlumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi «omikron» shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirayotir.
Afsuski, soʻnggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. Xususan, mamlakatimizda «omikron» shtammi aniqlandi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab pandemik holatdan toʻgʻri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilib, kasallikka qarshi toʻliq emlanishlarini soʻrab qolamiz, deyiladi xabarda.