«Isteʼmolchi burchagi»: «Korzinka»ning rastalarida narx kassadagidan arzonroq

Tashkil topganiga oʻtgan hafta 25 yil boʻlgan Korzinka doʻkoni xaridorlarni aldayapti. Ogoh.uz axborot-tahliliy portaliga yuborilgan murojaatda mahsulotda koʻrsatilgan narx bilan kassadagi narxda keskin tafovut borligi aytib oʻtilgan.

Hatto bunga fotodalillar ham yuborilgan.

Murojaatda aytib oʻtilishicha, 1 kg ogʻirlikdagi «RotFront» batonchik kofetlari narxi mahsulot qaydnomasida 29 990 soʻm etib koʻrsatilgan. Biroq, kassa chekida narx diyarli ikki barobarga koʻp, yaʼni 49 990 soʻm etib koʻrsatilgan.

«Kelesdagi «Korzinka»dan bugun soat 12:51 da savdoni amalga oshirganman. Kassa va peshtaxta orasi 10 metrni tashkil qiladi. Shugina qisqa masofada narx shunchalik oʻsib ketadimi?»,— deydi murojaatchi. Bizga yuborilgan xabarga ilova tarzida xarid cheki va maxsulotda tan narxi sifatida koʻrsatilgan soʻmma fotoisbot qilib yuborilgan.

Korzinka rahbariyatidan ushbu holatga izoh kutib qolamiz.