Oliy ta’lim vazirligi tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sabab jamoatchilik o‘rtasida qishki ta’tildan keyingi o‘qish onlayn shaklda bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Tarqalgan xabarlarga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi munosabat bildirdi.Qayd etilishicha, belgilangan tartibga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yuzasidan Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qiladi hamda barcha idora va tashkilotlar, shu jumladan, oliy ta’lim muassasalari ham mazkur qaror asosida ish yuritadi.
Bu borada Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qilgan taqdirda vazirlik rasmiy manbalari orqali qo‘shimcha ma’lum qilinadi.»Shu sababli barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan asoslanmagan xabarlar tarqatmasliklarini, jamoatchilikdan esa faqat rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadigan xabarlarga ishonishlarini so‘rab qolardik», — deyiladi xabarda.Eslatib o‘tamiz, oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik lisey talaba-o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yil 24 -yanvarga qadar uzaytirilgan.