Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida bir necha fuqaro ikki kishini samosud qilayotgani haqidagi lavhalar tarqaldi.
Ochiqlangan maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 21 yanvar sanasida fuqaro D. X. oʻzi yashab kelayotgan Annaroʻz mahallada nomaʼlum shaxslar tunda kezib yurib, aholining tinchligini buzayotganliklari haqida Chiroqchi tuman IIB 2 sonli IIB profilaktika inspektoriga murojaat qilgan.
Murojaat joyiga profilaktika inspektori yetib borgunicha esa, aholining oʻzi qoʻlga olingan «tunkezarlar» – P. Gʻ. va Y. I. larga urib, tan jarohati yetkazishga ham ulgurishgan.
Ayni vaqtda holat yuzasidan Chiroqchi tuman IIB 2 sonli IIB profilaktika inspektori tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.
Mavzuga oid: