“Taxtaqoracha” dovonida avtotransport vositalarining harakati tiklandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi “Taxtaqoracha” dovonida noqulay ob-havo sharoiti sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklangan edi.
Muzlamalarni eritish uchun qum-tuz aralashmalari sepilib zaruriy choralar ko‘rildi.
Ayni vaqtda dovon yo‘lida avtotransport vositalari harakatiga ruxsat berildi.
Haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishlarini, ob-havo va yo‘l sharoitini inobatga olib transport vositasini boshqarishlarini so‘raymiz.