Taraqqiyot strategiyasida belgilangan onalik va bolalikni muhofaza qilishga doir ustuvor vazifalar ijrosi doirasida:
– 46 ta tumanlararo perinatal markaz tashkil etiladi;
– ushbu muassasalar kadrlar, tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.
O‘tgan yili boshlangan amaliyot davom ettirilib, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va homiladorlar 7 turdagi vitaminlar kompleksi bilan bepul taʼminlanadi.
Jumladan:
• 10 yoshgacha bolalar ichak parazitlariga qarshi preparatlar;
• 2 yoshgacha bolalar vitaminlarga boy qo‘shimchalar,
• 15 yoshgacha bolalar, homilador va emizikli ayollar yod preparati bilan taʼminlanadi.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalar infeksion kasalliklarga qarshi 13 turdagi vaksinalar bilan emlanadi.