Bugun viloyat hokimi rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda faoliyatidagi kamchiliklar, tadbirkorlar va fuqarolar murojaatlariga e’tiborsiz qaragani uchun Muborak tumani hokimi Akrom Oripovga «hayfsan» berildi. Bu haqida Qashqadaryo viloyati axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Akrom Oripov hokim lavozimiga o‘tirganiga endi 8 oy bo‘lgan edi.
Bungacha sobiq hokim Qarshi tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari ham 50 000 miqdorida pora olayotganda qo‘lga tushganligini haqida xabar bergan edik.