Haydovchilik guvohnomasini alishtirish bo‘yicha muhim xabar aytib o‘tildi

18–fevraldan boshlab Toshkent shahar IIBB JXX YHXBning ikkita ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limida haydovchilik guvohnomalarini yangi namunasiga almashtirish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.Ko‘pchilik haydovchilar 31–martgacha hamma guvohnomani almashtirishi kerak deb o‘ylamoqda va natijada katta navbatlar hosil bo‘lyapti.

Shuni eslatib o‘tamizki, muddatlar quyidagicha:

2010 yilgacha berilganlari — 2022 -yil 31-martgacha;
2010 – 2012 yillarda berilganlari — 2022 -yil 30 -iyungacha;
2013 – 2015 yillarda berilganlari — 2022- yil 30-sentyabrgacha;
2015 yildan keyin berilganlari — 2022- yil 31 -dekabrgacha.