Qizi o‘z onasini urayotgani aks etgan video yuzasidan ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qizi o‘z onasini urayotgani aks etgan video tarqaldi” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Holat 2022 yil 14 fevral kuni Samarqand shahar Bog‘ibaland MFYda hududida sodir bo‘lgan.

Samarqand shahar Imom Vose MFYda yashovchi H.N, Bog‘ibaland MFYda yashovchi kenja qizi 1997 yilda tug‘ilgan I.N. bilan o‘zaro uy-joy masalasida tortishib qolishi natijasida ular o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.

Holat Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-son IIB xodimlari tomonidan hujjatlashtirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.