2021- yilda korrupsionerlar O‘zbekistonga 1,2 trillion so‘m zarar yetkazgan.Bu haqda 10 – mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidagi matbuot anjumanida boshqarma boshlig‘i Akmal Burxonov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 2021-yilda respublika bo‘yicha 5483 nafar shaxsga nisbatan korrupsiyaga oid 3769 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqish uchun sudlarga yuborilgan. 2020 – yilga nisbatan sudga yuborilgan jinoyat ishlari soni 2621 taga, jinoiy javobgarlikka tortilganlar soni 3760 taga yoki 218 foizga oshgan.
2020-yilda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar natijasida davlat va jamiyatga 500 milliard 102 million so‘m moddiy zarar yetkaziladi, shundan 355 milliard so‘mi yoki 71 foizi qoplanadi. 2021-yilda esa yetkazilgan moddiy zarar miqdori 1 trillion 282 milliard so‘mni tashkil etib, shundan 887 milliard so‘mi yoki 69,1 foizi qoplandi, – deyiladi xabarda.