Tafakkur vaqti: Alloh taolo meni yaxshi ko‘radimi?

Ali Tantoviy rohimahulloh aytadi:

«Alloh taolo meni yaxshi ko‘radimi?», – ushbu savol meni hadeb qiynayverdi. So‘ng, Alloh taoloning bandalariga bo‘lgan muhabbatini – O‘z kitobida zikr qilgan sabablar va sifatlar ila bo‘lishini esladim. Shu payt aqlimda u sifatlarga o‘zimni solishtira boshladim, shoyad savolimga javob topsam…

«Alloh taolo taqvodorlarni xush ko‘radi», – oyatini topdim va o‘zimni taqvodorlardan deb hisoblashga jur’at qila olmayman, dedim.
So‘ng,
«Alloh taolo sabr qiluvchilarni xush ko‘radi», – oyatini topdim va sabrimni ozligini esladim.

So‘ng,
«Alloh taolo ehson qiluvchilarni xush ko‘radi», – oyatini topdim va men bundan naqadar uzoqman, deb turib, to‘satdan aqlimga o‘zimda Alloh suygan biror sifat topa olmay qolishimdan qo‘rqib izlanishdan to‘xtadim.

So‘ng,
Amallarimni tadqiq qila boshladim, qarasam, ko‘p amallarim zaiflik, nuqson va gunoh-ma’siyatlar ila aralashgan ekan. Shu payt birdan aqlimga ushbu oyat keldi: «Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni yaxshi ko‘radi», – go‘yoki, bu oyat men uchun va menga o‘xshagan bandalari uchun nozil qilinganligini anglab yetdim va shoshilib, ming‘illagan holda – «Astag‘firulloha va atubu ilayh», «Astag‘firulloha va atubu ilayh», «Astag‘firulloha va atubu ilayh», deya takror takror o‘qiy boshladim, shoyad Alloh taoloning sevgan bandalari qatoriga kirsam…!