To‘raqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi.
Namangan viloyatida o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyada viloyat hokimi va uning o‘rinbosarlari, guruh va kotibiyat mudirlari, sektor rahbarlari, tuman faollari, deputatlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Sessiyada Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov so‘zga chiqdi. Ma’lumki, tuman hokimi Zulayho Mahkamova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlangani munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.
Viloyat rahbari tumanga yangi rahbar etib, hozirgacha Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari-mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan Mansurov Axror Ahmadaliyevichning nomzodini taklif etdi.
Deputatlar taklifni qo‘llab-quvvatladilar. Unga ko‘ra, Mansurov Axror Ahmadaliyevich To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlandi.