Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan DXX va IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Davlat xizmatlari agentligining Ishtixon tuman bo‘limi katta mutaxassisi B.R., “B.S.” MCHJga issiqxona uchun ajratilgan yer maydonini tanishlari yordamida tikuvchilik va pishiriq ishlab chiqarish syexi qurishga hujjatlarni tayyorlab berishni 12 000 AQSH dollari evaziga hal qilib berishni va’da qilib, shundan 6 000 AQSH dollarini tanishi Sh.R. orqali olgan vaqtida ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.