2022 yil 3-4-5 may kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida 767/768-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy poyezdlarining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Bu haqda “ O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Ramazon hayiti bayrami arafasida yo‘lovchilarga yana-da ko‘proq qulaylik yaratish hamda transport xizmatlari ko‘rsatish ko‘lamini oshirish maqsad qilingan.