Samarqandda «Cobalt» voyaga yetmagan piyodani urib, uchirib yubordi

Joriy yilning 25-may kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida “Cobalt” voyaga yetmagan piyodani urib, uchirib yuborgan. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati qo‘shimcha xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa tumanning Navoiy Shox ko‘chasidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘ldi.

Maʼlum bo‘lishicha, “Cobalt” avtomobil haydovchisi tumanning Pastki Kalangar mahallasida yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan piyoda A.N.ni urib yuborgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlanuvchi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.