Odessa shahri maʼmuriyati 23 aprel kuni Rossiya harbiylarining qanotli raketalardan zarbalar yo‘llaganini xabar qildi.
Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 18 nafar odamga talafot yetgan.
Shahar hukumati xabariga ko‘ra, ikkita raketa harbiy obyektlarga kelib urilgan, yana ikkitasi esa aholi turar joylariga teggan. Yana ikkita raketa Ukraina havodan himoya texnikasi tomonidan urib tushirilgan.
Hujum oqibatida dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 18 nafar yaralangan va 5 kishi halok bo‘lgan, deya maʼlum qilgan Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak. Uning so‘zlariga ko‘ra qurbonlar orasida uch oylik chaqaloq ham bor.