2022-yildagi dunyoning eng boy kishilari ro’yxati e’lon qilindi

Forbes jurnali 2022-yilda dunyoning eng boy kishilari ro‘yxatini e’lon qildi.

Birinchi pog’onani Tesla va SpaceX asoschisia Ilon Mask 219 milliard dollar bilan band etgan. ( 68 milliardga oshgan)

Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi 171 milliard dollar bilan baholangan. Biroq bu ko’rsatkich 6 millardga kamayishi hisobida ikkinchi o’ringa tushib ketgan.

Louis Vuitton Moët Hennessy prezidenti Bernard Arno 158 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinni saqlab qoldi. Ma’lumot uchun, uning boyligi 8 milliardga oshgan.

AQSh dollar bilan hisoblaganda birinchi o‘ntalik quyidagicha:

  1. Ilon Mask, (Tesla, AQSh) — 219 mlrd;
  2. Jeff Bezos, (Amazon, AQSh) — 171 mlrd;
  3. Bernard Arno, (LVMH, Fransiya) — 158 mlrd;
  4. Bill Geyts, (Microsoft, AQSh) — 129 mlrd;
  5. Uorren Baffet, (Berkshire Hathaway, AQSh) — 118 mlrd;
  6. Larri Peyj, (Google, AQSh) — 111 mlrd;
  7. Sergey Brin, (Google, AQSh) — 107 mlrd;
  8. Larri Ellison, (Oracle, AQSh) — 106 mlrd;
  9. Stiv Balmer, (Microsoft, AQSh) — 91,4 mlrd;
  10. Mukesh Ambani (Reliance Industries, Hindiston) — 90,7 mlrd.