Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir guruh ayol kishilar tomonidan bir nafar ayolni do‘pposlagan aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston IIV Matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, fuqaro L.A.ning og‘zaki ko‘rsatmasiga ko‘ra, Nukus shahrida yashovchi Yu.S., J.D., K.A., M.D. hamda Xo‘jayli tumanida yashovchi B.G.lar bilan o‘zaro gap talashib, har qil uyatli so‘zlar bilan haqoratlagan va bunga chiday olmagan L.A. S.Yu bilan janjallashgan vaqtida ayollar S.Yu.ning yonidagi tanishlari ushbu janjalga qo‘shilib, L.A.ni urib do‘pposlagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda