Bir darvesh yo‘qchilik o‘tida yonar edi, libosining yamog‘i ustida yamoq solardi. Bir kishi unga:
— Nega shu holda o‘tirasan? Bu shaharda juda saxovatli bir kishi faqir, bechoralarning xizmatiga bel bog‘lagan. Agar sening bu parishon holingni anglasa, darhol yordam qo‘lini uzatadi, — dedi va o‘sha saxiy odamdan yordam so‘rashni tavsiya qildi.
Darvesh u kishiga aytdi:
— Jim bo‘l, har kishining yoniga borib tilanishdan, ehtiyojni arz etishdan ko‘ra yo‘qchilikdan o‘lgan yaxshiroqdir.
«Sharq hikoyat va rivoyatlari – 2», 171.