Tafakkur vaqti: BEFOYDA JANJAL

Bir kishi to‘rt odamga ma’lum miqdorda pul hadya qildi va:
— Bunga biror narsa sotib olib, qorinlaringni tuydiringlar, — dedi. Ular pulni olib, nima xarid qilish haqida bahslasha ketishdi. Ulardan biri eronlik edi, u:

— Men bu pulga angur olaman, — dedi.
Ikkinchisi arab edi, u esa:

— Yo‘q, men inab yeyishni hohlayman, bu pulga inab olamiz, — dedi.
Odamlarning uchinchisi turk edi, u:

— Aytgan narsalaring kerak emas, men uzum olmokchiman, — deb bahsni qizitdi.
To‘rtinchi sheriklari rumlik edi, uning so‘zi bunday bo‘ldi:

— Bema’ni tortishuvni bas qilinglar, men istafil olmokchiman, — dedi. Oldin ularning ovozlari kutarildi, keyin chinakamiga janjal boshlandi. Nihoyat, hammasining tilini tushunadigan bir kishi janjalni ko‘rib, ularni to‘xtatdi va har birini alohida eshitib ko‘rdi. Keyin:

— Har biringizning so‘zingiz janjal va noahillikka yo‘l ochadi. Menga quloq solsanglar, janjal o‘rniga oson kelishib olasizlar, — dedi va hammasini baqqol do‘koniga boshlab bordi. U yerda sotilayotgan uzumni ko‘rsatib, har biridan ayricha:

— Sen shuni hohlayotganimding? — deb so‘rab chiqdi. Bilishsa, to‘rtovlari ham aynan uzum sotib olishni istashayotgan ekan.

“Masnaviyi ma’naviy”dan