Jizzaxda uch oylik kelinchak to‘satdan vafot etgani aytilmoqda


Ijtimoiy tarmoqlarda surxondaryolik fuqaro Z.Aning murojaati tarqaldi.

Unda murojaatchi qizi M.Ani Forish tumaniga uzatganligi, oradan 3 oy o‘tgach qizini vafot etgan holida olib kelib berganligi, qizining vafotiga sababchi bo‘lgan aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishni so‘raganligi haqidagi habar tarqalgan.

Mazkur holat yuzasidan Forish tuman prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshirish jarayoni Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.