“Komissiya taklifi asosida Parlament tomonidan ishlab chiqilgan loyihani umumxalq muhokamasida ko‘rib chiqishni hamda referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilishni taklif etaman.
To‘g‘ri, amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, parlamentning o‘zi ham Konstitusiyaga o‘zgartish kiritish vakolatiga ega.
Lekin, konstitusiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo‘llab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirsak, bu tom ma’noda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi – haqiqiy xalq Konstitusiyasi bo‘ladi, deb o‘ylayman», – dedi davlat rahbari.