Murojaatlaringizni “Online-video” tizimi orqali yo‘llang !
Fuqarolarimiz murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash Majburiy ijro byurosi organlari oldidagi muhim vazifalardan biridir !
Endilikda, fuqarolarimiz o‘z murojaatlari bilan Byuroning istalgan viloyat boshqarmalarida tashkil etilgan “Online-video” tizimi orqali yuborishi mumkin !
“Online-video” tizimi videokonferens aloqa vositasi orqali :
- fuqarolarimizning Byuro markaziy mahkama rahbariyati, mas’ul xodimlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanib, o‘z murojaatini yo‘llashi;
- ijro hujjati bo‘yicha boshqa hududlarda joylashgan qarzdor(javobgar), undiruvchi va boshqa shaxslar bilan muloqot qilish;
- ijro hujjatiga mas’ul xodimlardan izoh olish va murojaat qoldirish;
- Korrupsiya holatlari, sansalorlik va boshqa qonunbuzilishlar to‘g‘risida xabar qoldirish imkoniyatini beradi.
Asosiysi – aholi murojaatlarini qabul qilishda yanada qulaylik va shaffoflik yaratish, muammolarini tezkorlikda hal etish hamda xodimlar mas’uliyatini oshirishdir !
Bu imkoniyat – Sizni o‘z hududingiz orqali markaz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘laydi !
Fuqarolarimiz Byuroning xohlagan hududiy boshqarma yoki bo‘limlari orqali ushbu tizim bilan bog‘lanishlari mumkin !
“Online-video” tizimida murojaat yo‘llashga to‘sqinlik qilgan xodimlar haqida (71) 207-11-59, 207-11-74 qisqa raqamli ishonch telefoniga shikoyat yo‘llashni unutmang !