Shimoliy Koreya istalgan vaqtda yadroviy sinov o‘tkazishi mumkinligini aytdi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol KXDR istalgan vaqtda yadro sinovini o‘tkazishga tayyorligini aytdi. Bu haqda Interfaks ma’lum qilmoqda.

«Biz ishonamizki, mening inaugurasiyam paytidan boshlab, Pxenyan istalgan paytda buni amalga oshirishga to‘liq tayyor va qodir», – deya Yonhap agentligi prezident so‘zlaridan iqtibos keltirgan.

O‘z navbatida, Yaponiya Mudofaa vazirligi ham o‘zining “Oq qog‘oz” yillik hisobotida KXDRning harakatlari Yaponiya xavfsizligiga “jiddiy tahdid” ekanini ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, 2022 yil boshidan buyon Shimoliy Koreya raketalarni “o‘ta yuqori chastotada va yangi usulda” uchira boshlagan.

Pxenyan yadroviy sinovlar o‘tkazib, “yangi provokasiyalar”ga kirishishi mumkin.

KXDR oxirgi marta bunday sinovni 2017 yilda o‘tkazgan edi.