Tafakkur vaqti: Uxlab qolgan talaba

Kolumbiya universitetlarining birida bir talaba aniq fanlar darsiga kech qolib keldi.

Auditoriyaning oxiriga borib o‘tirdi-da, bir oz o‘tmay boshini kitob ustiga qo‘yib uxlab qoldi. Dars oxirida talabalarning shovqin ovozidan uyg‘onib ketdi. Qarasa professor doskaga ikkita masala yozib qo‘ygan ekan. Shosha-pisha masalani daftariga ko‘chirib oldi-da, auditoriyadan chiqib ketdi. Uyga qaytgach shu ikki masalani yechimi xaqida o‘ylay boshladi. Masalalar juda ham qiyin edi.

Kutubxonaga borib kerakli kitob va manbalarni qidira boshladi. To‘rt kundan keyingina birinchi masalani javobini topa oldi. Masalaning javobi xam bir necha varoqlarni band etgan edi.

Ikkinchi masalani yechishga ulgurmadi ham, yecha olmaganidan professorning qiyin vazifa berganlikda aybladi. Keyingi matematika darsida qiziq hodisa ro‘y berdi. Ya’ni professor uyga berilgan vazifaning javobini so‘ramadi. Dars tugashidan avval u professorning oldiga borib:
— Professor, bergan vazifangizni to‘rt kun ichida o‘rganib chiqib, faqatgina birinchi masalaning javobini topa oldim, — deb masala yechilgan qog‘ozni uzatdi. Professor hayratlanib:
— Men hech qanday vazifa bermagan edim-ku?! Doskaga yozilgan ikki masalaning esa hozirgacha ilm-fan yechimini topishdan ojiz bo‘lgan.

Bu salbiy qanoat ko‘pchilik olimlarni masalani yechimini topishga harakat qilishdan, hatto, o‘ylab ko‘rishdan ham to‘sib qo‘ygan edi.
Agar bu talaba ham darsda uyg‘oq bo‘lganda va professorning gapini eshitganda bu masalaning yechimini topishni o‘ylab ham ko‘rmasdi.

Ba’zan muvaffaqiyatga erishish uchun bu yo‘ldan qaytaradigan so‘zlarni eshitmaslik kerak bo‘ladi.