6 oyda 174,0 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotilgan

2022 yil 6-oylik yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 174,0 mlrd so‘mlik 77 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotildi.

Avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 10% ga, hajmi bo‘yicha – 27% ga o‘sdi, deya xabar beradi “O‘zRTXB” AJ PR bo‘limi.

O‘tgan davrda tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,2 mln so‘mni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 93% jismoniy shaxslar, 7% – yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. Sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 545,4 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 348,0 mln so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 29% birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22% – ikkinchi, 13% – uchinchi, 9% – to‘rtinchi, 12% – beshinchi va 15% – oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (45%), Samarqand (8%), Buxoro, Farg‘ona va Qashqadaryo (6% dan) viloyatlarida xarid qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80% – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, 20%– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.