17 avgust kuni Mirobod tumani, Kichik xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida haydovchi 2002 yilda tug‘ilgan S.A. «Nexia» avtomashinasida harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.
YTH natijasida avtomashina haydovchisi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan, biroq avtomashina yo‘lovchisi 1999 yilda tug‘ilgan E.R. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.