Tailanddan Hindistonga ketayotgan yoʻlovchining chamadanodan chiqqan narsalar odamlarni hayratda qoldirdi. Yoʻlovchining chamadonida 6 turdagi jami 17 ta hayvon borligi aniqlandi. 1 ta choʻl tulkisining bolasi, 2 ta ilon, 8 ta maymun, 3 ta kaltakesak va yana bir nechta hayvon topilgan. Maʼlum boʻlishicha, yoʻlovchi Hindistonning Chennai shahriga ketayotgan edi. Chamadonning ichida havo yetmasligi sababli holsizlangan hayvonlarni yashirish maqsadida yoʻlovchi koʻp miqdorda yegulik va oʻyinchoqlar ham ortib olgan.
Hayvonlarga tezda tibbiy yordam koʻrsatildi va ularning holati yaxshi ekanligi aniqlandi. Biroq hayvonlarning hech birida chip oʻrnatilmaganligi sababli ularning aslida qayerdan qoʻlga tushib qolganini aniqlash qiyin boʻlishini aytishdi.
Hayvonlarni asrash va tabiatni muhofaza qilish borasida ogʻir jazolarni tatbiq qiladigan Tailandda, xodimlar tomonidan qoʻlga olingan yoʻlovchiga 10-yil qamoq jazosi va katta miqdorda jarima jazosi belgilanishi taʼkidlandi.