Rossiyada Putinga qarshi harakat boshlandimi?

Kecha, Rossiya-Ukraina oʻrtasida urush boshlangandan buyon eng dahshatli voqealardan biri boʻlgandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “Miyasi” degan nom bilan mashhur Aleksandr Duginning qizi Daryo Dugina oʻldirilgandi.

Daryo Duginaning avtomashinasining portlatilishida Ukrainaning qoʻli borligi taxmin qilinayotgan bir paytda bu ish Rossiya tomonidan amalga oshirilgani maʼlum boʻldi. Rossiya Fideratsiyasi Milliy Armiyasining, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Putinni aybdor deb topib, lavozimdan agʻdarishlarini eʼlon qildi. Shuningdek, suyiqasdda hayotdan koʻz yumgan Daryo Dugina bilan yaqin munosabatda boʻlganligini aytgan Yevroosiyo mahalliy ittifoqi rahbari Hasan Chengiz, Aleksandr Duginni avval ham ogohlantirganini taʼkidladi.

“Putinga qarshi harakat boshladik”

Duginaga uyushtirilgan suyiqasddan keyin hammaning eʼtibori Kiyevga qaratilgan edi. Biroq Ukraina bu suyiqasdga aloqasi yoʻqligini bildirdi. Hodisa boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilayotgan paytda Rossiya Fideratsiyasi Milliy Armiyasidan ushbu ish boʻyicha izoh berildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarshi harakat boshlashganini eʼlon qilgan tashkilot, ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarida “Rossiya lideri Putin hamda oligarxlarning lavozimdan tushirilishini” aytarkan, Daryo Dugina va Aleksandr Duginning Ukrainada qatliomga daʼvat qilib aytgan soʻzlarini eslatdi.

Qolaversa, tashkilot oʻz izohida shunday deb yozgan:

“Bizlar, Rossiya faollari, askarlar, siyosatchilar, Milliy Armiyasining jangchilari, Prezident Putinni Konstitutsiyani oʻzgartirgan, Slavyan xalqlarining orasida qardoshlik nizolariga yoʻl ochgan, Rus askarlarini maqsadsiz oʻlimga yuz tutishga majbur qilgani uchun aybdor deb eʼlon qiladi. Huquqlaridan mahrum boʻlgan insonlar zolimlarga qarshi isyon qilishga haqqi borligiga ishonamiz. Putinni taxtdan agʻdaramiz va yoʻq qilamiz. Maqsadimiz Rossiyaning va qoʻshni davlatlarning vayronagarchiliklarini toʻxtatish. Xalqimizning boyliklarini talayotgan, davlat ichida va tashqarisida ish olib borayotgan Kreml guruhining faoliyatiga chek qoʻyishdan iborat. Rossiya hukumati boshliqlarini, hududiy boshqaruvdagilarni Putinning sheriklari deb eʼlon qilamiz. Agar isteʼfoga chiqishmasa ularni ham yoʻq qilamiz. Lavozimidan foydalanib boshqalarning haqqi evaziga boylik orttirganlarni, hukumatga va urushga qarshi chiqmaganlar ham aybdor hisoblanadi. Qurollarini tashlamaganlar ham yoʻq qilinadi”.

“Aleksandr Duginni 4 oy avval ogohlantirgan edim”

Yevroosiyo mahalliy ittifoqi rahbari Hasan Chengiz, Rus siyosatdoni Daryo Dugina bilan yaqin boʻlganligini, ish yuzasidan uchrashib turishganini aytib, “Daryo bilan juda yaqin edik, oʻtgan hafta juma kuni meni Moskvaga taklif qilgandi. Aslida suyiqasd Aleksandr Duginga nisbatan uyushtirilishi kerak edi. Biroq u boshqa dasturda boʻlganligi uchun nishon Daryo Dugina boʻldi. Men 4 oy oldin Duginni bu suyiqasddan ogohlantirgandim”.

Shuningdek, Hasan Jengiz, Dugin Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyalarini boshqaruvchi odam edi. Uning bu boradagi fikrlari inobatga olinardi. Bu mavzuda Duginni ogohlantirishimga qaramay eʼtibor bermadi, degan mazmunda izoh berdi.