Tanadagi dogʻlar nimadan xabar beradi?

Gormonal balans muvozanati oʻzgarishi ( homilador ayollarda, yuz, boʻyin va qorin sohasiga dogʻ tushishi bilan kuzatiladi);

Peshob ajratish yoʻli hamda jigardagi oʻzgarishlardagi teri pigmentatsiyasi (qoʻl kafti yuzasidagi mayda dogʻlar, yuz yonoqlariga yoyilgani);

Qalqonsimon bez faoliyatidagi oʻzgarishlar, siydik qopi yalligʻlanishi, avitaminoz ham dogʻ yuzaga keltirishi mumkin. (Peshona ikki chakkasi, qoʻl kafti yoki oyoqdagi dogʻ);

Quyoshda uzoq vaqt toblanish melanin sintezini faollashtiradi. Bu esa asosan yuzda dogʻ paydo boʻlishiga olib keladi. (Yonoq, burun atrofidagi dogʻ, kurakdagi mayda sepkil);

Stress va asabiylik. Maʼlumotlarga koʻra asabiy kishilarda dogʻ paydo boʻlishi koʻproq kuzatiladi. (Boʻyin sohasi, quloq atrofida yuzaga kelgan dogʻlar);

Tashqi muhit taʼsiri, ish faoliyati kimyoviy moddalar bilan bogʻliq boʻlsa, notoʻgʻri tanlangan pardoz vositalari, oʻrinsiz bajarilgan kosmetik muolajalar ham dogʻ tushishiga olib keladi