Hindistonda yana bir epidemiya tarqala boshladi

Hindistonda yangi virusli “pomidor grippi” (pomidor isitmasi) tez tarqalmoqda. Bu haqda The Guardian gazetasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, iyul oyi oxirida Keralada 82 bolada ushbu virus aniqlangan boʻlsa, hozirda bu kasallik qoʻshni Tamilnadu va mamlakat sharqida joylashgan Odisha shtatida ham aniqlangan.

Ushbu virus immuniteti zaif bolalar uchun jiddiy xavf tugʻdiradi. Olimlar hali yangi virusning xususiyatlarini yetarlicha oʻrganmagan. Uning nomi infeksiyalanganida inson tanasida yorqin qizil rangli ogʻriqli pufakchalar paydo boʻlishi bilan izohlanadi. Infeksiya tagliklar va iflos yuzalarga tegish orqali sodir boʻladi.

Virusli infeksiya hayot uchun xavfli emas, ammo mutaxassislar COVID-19 pandemiyasining qaygʻuli oqibatlarini hisobga olgan holda aholini hushyor boʻlishga chaqirmoqda.