«Meni o‘zbeklarga o‘xshaysan deyishadi. Bunday(sarson) o‘zbeklarga o‘xshashni istamayman»

Ijtimoiy tarmoqda hojatxona qidirib, sarson bo‘lgan turk sayyohi videosi aylanmoqda. Sayyohi shuningdek 1 litr oddiy suvni unga deyarli 1 dollar( 10 000 so‘mga sotilgan, asl bahosi 3000 so‘m) ga sotishganidan xafa bo‘lgan.

“Bu shunchaki uyatli holat. Prezident kecha Samarqandda turistlar oqimini 9 mlnga yetkazish rejasi haqida aytib o‘tdi. Maqsadlar balandparvoz, lekin ijro yaxshi emas. Biror hudud markazida bepul hojatxonalar yo‘q. Borlari ham talabga javob bermaydi. Chetga chiqmagan o‘zbek uchun bu normal holat – pullik bo‘lishi. Lekin kim chetga chiqqan bo‘lsa, hojatxonalar ozoda va pokiza ekanligi, 24 soat ochiqligi, bepulligini ko‘radi. Turistlar uchun eng avvalo sharoitlarni yaxshilash kerak o‘rtoqlar. Videodagi holat shunchaki uyat”, deb yozadi taniqli bloger Olimjon Haydarov.

Tarmoqda shundan so‘ng muhokamalar avj oldi, kimdir tarixiy obidalarga kirish narxi qimmatligini aytsa yana kimdir milliy liboslarimiz, taqinchoqlar va turli aksessuarlar sayyohlarga ikki-uch barobar qimmatiga sotilayotgani haqida fikr qoldirgan. Biroq bu kabi fikrlar ko‘lami kengaygan sari oraga har bir davlatda turistlar uchun noqulayliklar va aldov borligi haqida gap-so‘zlar ham yozila boshladi.

“Istambullik turist suvni 10 mingga sotishganidan hafa bo‘lib video qilibdi. Bu holatni albatta oqlamayman. Buxoroda bir kuni oddiy 50 ming so‘mlik milliy qo‘g‘irchoqni o‘zimga turist deb 15$ ga sotmoqchi bo‘lishgan. Chunki sharflarni boshimga tashlab, hindcha, pokistoncha aksentda inglizcha gapirib ularni gapirtirdim rosa. Savdolashdim. Keyin kulib «uyatey «desam «eey opa o‘zbek ekansizku » deydi. Qancha qiberasiz? desam oxiri 50 ming. Turistlarga 15 $ sotamiz deydi. Bu uyatli holat. Lekin, faqat O‘zbekistonda emas ko‘p davlatlarda bunday holatni kuzatish mumkin.

Masalan, Istambulning turistik hududi Taqsimda oziq -ovqatlarni ikki emas, uch barobarga qimmatga olasiz. Turklar o‘zlari alish- verish yapadigan katta savdo majmuasidagi fud-kortda «Iskandar kabob» 25 lira edi. Taqsimdagi kafelarda esa 75dan 100 liragacha. Mazasiyam unaqa zo‘r emas. Taksilarniku aytmasa bo‘ladi. Bitta voqea esimdan chiqmaydi. Ikta bolam bn Istambulga qo‘ndim. Kechqurun soat 9 lar edi. Taksi mehmonxonagacha 130-150 tl bo‘ladi dedi. Yo‘l uncha uzoq emasligini kartadan ko‘rganman. Mayli deb savdolashmasdan mindim. Borgandan keyin esa 200 tl berasan deb turib oldi. O‘zi aeroportdan 15 minutdik yo‘l haqiqiy narxi 80 tl lik yo‘l. Taksometrni ko‘rsat desam gapni aylantiradi. Yo‘lda trafik ham yo‘q edi. Xullas sen 150 degansan , desam, -yo‘q men ujratli yo‘ldan haydadim, filan filan -deb turib oldi. Men senga ujratli yo‘ldan hayda demadim, shoshayotganim yo‘q edi. Nega aldaysan bermayman desam, «berasan» deb turib oldi. Bolalarim qarab turibdi. Ularning birinchi chet elga chiqishi stress bo‘lmasin deb «ma» deb 200 tl berdim. Mehmonxonaga kirayotsak » Abla haqqingni xalal et» dedi. Bu gapni turklar ko‘p qo‘llashadi «rozi bo‘ling» degandek. Biror xizmat bajargach, evaziga pul olsa shu jumlani aytishini kinolardan ko‘p ko‘rganman. Adresat » Xalal o‘lsun» deb javob berardi.» Haqqing halal o‘lmadi abi» dedim birdan. Yugurib kelib uch to‘rt marta » xalal et » deb so‘radi yo‘q o‘lmadi, «sen aldatiji san» dedim. Ol abla! Deb 50 tl qaytim berdi. Insofi yo‘q bo‘lsa ham, iymoni bor ekan Mashallah! Mehmonxonaga kirsam, o‘zbek, Buxorolik yigit resepshn hodimi bizni kutib oldi. Voqeani eshitib, bular turistni rosa aldaydi 80 tl lik yo‘l. Ketishizda taksi chaqirib beramiz 70-80tlga olib boradi aeroportga dedi. Shunday ekan, sayyohlarni aldash hamma davlatda bor! Hojatxonalar esa juda og‘riqli mavzu! Ularni ko‘paytirish kerak! Buxoro turizm departamenti rasmiy munosabatda o‘sha hududda hojatxonalar yetarliligini ko‘rsatib beribdi” deya Gulnoza Odilova sayyohning fikrlariga javob tariqasida yozib qoldirgan.