Toshkent viloyati hokimligi murojaat bilan chiqdi

Toshkent–Chirchiq–Chimyon avtomobil yo‘lining 51-kilometridan 53-kilometrigacha bo‘lgan qismi yopiladi

🔹Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi bayrami tantanalari o‘tkazilishi munosabati bilan tadbir o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash maqsad qilingan.

🔹Shu munosabat bilan 2022 yilning 25 avgust kuni soat 17:00 dan to 23:00 ga qadar Gʻazalkent shahri hududidan o‘tgan 4R6 Toshkent–Chirchiq–Chimyon avtomobil yo‘lining 51-kilometridan (Gʻazalkent shahriga asosiy kirish yo‘li Bukri (gorbatiy) ko‘prik oldidan) 53-kilometriga (Ibn Sino ko‘chasidagi qurilish do‘koni) qadar to‘liq transport vositalari harakati cheklanadi.