AQSH Prezidenti Jo Bayden, chip ishlab chiqarish hamda bu boradagi ilmiy izlanishlarning yanada kuchaytirilishini ta’minlash to‘g‘risida qaror imzoladi. Ushbu qarorda avtomobildan tortib elektronikagacha bir nechta tarmoqda ishlab chiqarishning oqsashiga sabab bo‘layotgan chip tanqisligini bartaraf qilish maqsad qilingan.
Oq uy tomonidan berilgan yozma bayonotga ko‘ra, Bayden CHIPS qarorining tatbiq qilinishi haqida qaror imzolagan.
Ushbu qarorga binoan 16 kishidan iborat ijro kengashi tuziladi va hay’atga Milliy Xavfsizlik maslahatchisi Jek Syullivan, Milliy Iqtisodiyot Kengashi direktori Brian Deyese, Oq uy Fan va Texnologiya Siyosati vakili Alondra Nelson boshchilik qilishadi.
Bayden imzolagan ushbu qarorning avvalida o‘lka ichida chip ishlab chiqarish uchun 52 miliyard dollorlik sarmoya ajratish ham nazarda tutilgan.