Prezident farmoniga ko‘ra, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab:
➖mulkdor bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmagan shaxslarni turar joydan doimiy ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish talab etilmaydi.
Oxirgi 2,5 yilda fuqarolik sudlariga shaxsni turar joydan ro‘yxatdan chiqarish bo‘yicha 8 954 ta da’vo arizalari kiritilgan, shundan 7 311 tasi (82 foizi) qanoatlantirilgan;
➖ xususiy mulk ob’yekti va u joylashgan hududga mulkdorning ruxsatisiz kirish uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan choralar qo‘llanishi mumkin;
➖ endilikda mulkdor yoki uning vakili o‘z mulkini har qanday tajovuzdan huquqni buzishga mutanosib ravishda va huquq buzilishining oldini olish uchun zarur harakatlar doirasida mustaqil himoya qilish huquqiga ega bo‘ladi;
➖fuqarolik sudlarida mol-mulkni o‘zganing noqonuniy egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan da’vogarlar (davlat organlari va tashkilotlari bundan mustasno) davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi, bunda da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, undan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda davlat boji undirish nazarda tutiladi.