Shimoliy Makedoniya hukumati kuchayib borayotgan energetika inqirozi tufayli mamlakatda elektr ta’minoti sohasida favqulodda holat e’lon qilishga qaror qildi. Bu haqda Telma telekanali xabar bermoqda.
Energiya taqchilligi fonida respublika poytaxti – Skopyeda issiqlik ta’minoti sohasida ham favqulodda holat e’lon qilindi.
Favqulodda holat 1 sentyabrdan kuchga kiradi va 30 kun davom etadi.
Bundan tashqari, mamlakatda energiyani tejash bo‘yicha turli chora-tadbirlar ko‘riladi, jumladan, jamoat binolari fasadidagi dekorativ yoritishni o‘chirish va madaniy yodgorliklarni yoritish, energiya tejovchi lampochkalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar va boshqalar.