Braziliyalik dunyo bilan aloqasini uzgan qabilaning soʻngi aʼzosi olamdan oʻtdi

Braziliyada soʻngi hayotining 26-yilini yolgʻiz yashagan, umri davomida tashqi dunyo bilan butunlay aloqasini uzgan, ismi nomaʼlum bir qabilaning aʼzosi hayotdan koʻz yumdi.

“Chuqur odami” nomi bilan mashhur boʻlgan mahalliy qabila aʼzosi, ov qilish hamda oʻrmon ichida yashirinish uchun chuqurlar qazir edi. Mahalliy qabila aʼzosi boʻlgan erkakning jasadi somondan qilingan kulbasi yaqinidan 23-avgust kuni topilgan.

Taxminan 60 yoshda boʻlgan erkakning oʻlimi sababi tabiiy oʻlim deb taxmin qilinmoqda, badanida jarohat izlari yoʻq.
“Chuqur odami” Braziliyaning Boliviya chegarasi hududiga qarashli Rondoniya viloyatidagi Tanaruda yashagan mahalliy qabilaning oxirgi vakili edi.

Qabilaning katta qismi 1970-yilda oʻz hududlarini kengaytirish maqsadidagi fermerlar tomonidan oʻldirilganligi taxmin qilinadi. 1995-yilda qabilaning 6 ta aʼzosi noqonuniy konchilar hujumi natijasida oʻldirilgandi. Oʻsha voqeadan keyin “Chuqur odami” qabilaning yagona aʼzosi sifatida yashay boshlagandi.

“Chuqur odami” ning jasadini Xose Algayer ismli kishi topgan. Uning aytishicha, jasadning usti xas choʻplar bilan yopilgan edi. Maʼlum boʻlishicha, oʻlimini oldindan sezgan “Chuqur odami” tayyorgarlik koʻrgan.
Mahalliy qabila mutaxasisi Marselo dos Santos, mahalliy axborot vositalariga bergan intervyusida jasadning biror kasallikdan vafot etgani yoki boshqa bir sababi ekspertiza orqali aniqlanadi.

“Chuqur odami” haqida bir qancha izlanishlar, maqola va tadqiqotlar olib borilgan, hatto muxbir Monter Reyel tomonidan “Qabilaning soʻngi vakili: Amazondagi yolgʻiz odamni asrashning afsonaviy sarguzashti” nomli kitob ham yozilgan. Shunga qaramay bu odam haqida juda kam maʼlumot bor edi. “Chuqur odami” aloqa oʻrnatilmagan kishilar qatorida edi. Hayoti davomida hechkim bilan gaplashmagani taxmin qilinadi. Qabilasining nomi va qaysi tilda soʻzlashi ham nomaʼlum edi.