SSSRning birinchi va yagona prezidenti Mixail Gorbachyov ogʻir va uzoq davom yetgan kasallikdan soʻng 92 yoshida vafot etdi.
Bu haqda Markaziy klinik shifoxona tomonidan maʼlumot berildi, deya xabar beradi “TASS”.
Sovet Ittifoqining oxirgi rahbari 2020-yilda kasalxonaga yotqizilgan. Joriy yozda agentlik uning atrofidagilarga tayanib, sobiq prezident hali ham kasalxonada ekanligi haqida xabar bergandi. Ushbu maʼlumotlarga koʻra, oʻsha paytda sogʻligʻida hech qanday yomonlashuv kuzatilmagan, ammo ular Gorbachevni shifokorlarning doimiy nazorati ostida qoldirishni afzal koʻrishgan.
Gorbachyov 1985-1991-yillarda Sovet Ittifoqini boshqargan.