Yevropadagi qurg‘oqchilik yuzaga chiqargan noyob xazinalar

Yevropada bir necha hafta davom etgan yuqori havo harorati hamda qurg‘oqchilik faqatgina o‘limlarga sababchi bo‘lib qolmadi.

Dengiz va ko‘llarning qurishi kemalar faoliyatining oqsashiga olib keldi. Shuningdek, jonivorlar hayotiga xavf soldi, qolaversa, suvga ko‘milgan ayrim “Xazinalar” ning suv yuziga chiqishiga sabab bo‘ldi. Biroq yuzaga chiqqan ushbu “Xazina” larning hammasi ham yaxshilikdan darak bermaydi. Jumladan, “Ochlik toshlari”…

Bu toshlar dengizlardagi suv sathining pasayganligidan darak beradi, yozuvlar ogohlantirish sifatida toshlarning ustiga o‘yib yozilgan.

“Meni ko‘rsang, yig‘la!”

Chexiya va Germaniya o‘rtasidan oqib o‘tuvchi Elba daryosidan shu singari ko‘plab toshlar yuzaga chiqdi. Ushbu toshlarning birining tarixi 15 yuz yillikkacha boradi. Bu toshga “Meni ko‘rsang, yig‘la!” degan yozuv bitilgan. Serbiyadagi Tuna dengizida suv sathi pasayishi natijasida Ikkinchi Jahon Urushidan qolgan va ichida haligacha portlovchi moddalar mavjud bo‘lgan cho‘kib ketgan kemalar yuzaga chiqdi. Praxovo shahri yaqinlaridan topilgan kemalar, 1944 yilda cho‘kib ketgan Nasistlar flotiga oidligi ma’lum bo‘ldi. Suv sathi pasaygani sari yanayam ko‘proq kemalar suv yuziga chiqishi taxmin qilinmoqda.

Italiyadagi Po dengizidan esa portlamay qolgan o‘q dorilar topildi. Ushbu dengizning yaqin atrofida yashayotgan 3 minga yaqin aholi boshqa joyga ko‘chishga majbur bo‘ldi. Mutaxasislar Ikkinchi Jahon Urushidan qolgan portlamagan bombalarni ishonchli joyda o‘z nazoratlari ostida portlatishgan.

Shuningdek, Po dengizida nemislarga tegishli bo‘lgan va 1943 yilda cho‘kib ketgan kemalarga yuk tashuvchi ulkan qayiq topilgan. Suv yana biroz pasaysa, ushbu qayiq yanada aniq ko‘zga tashlanadi.

Rimdagi Tiber daryosida suvning kamayishi natijasida tarixiy ko‘prik qoldiqlari yuzaga chiqdi. Ushbu ko‘prikning 50 yillarda imperator Nero tomonidan barpo ettirilganligi taxmin qilinmoqda. Avvallari ko‘prikning ba’zi qismlarigina ko‘rinardi, endilikda u aniq ko‘zga tashlanadi. Bu tarixiy ko‘prik, Vittorio Emmanuyel 2 Ko‘prigining ostidadir.

Ispaniyada esa Valdekanas havzasida 5 ming yillikdan qolgan tik holatdagi toshlar mavjud. Toshlar chambarak shaklida joylashtirilgan. Ular 1926 yilda kashf qilingan edi, biroq ular 1963 yilda suv ostida qolib ketgandi. O‘shandan buyon ushbu toshlar faqat 4 marotaba suv yuziga chiqdi. Ispaniyadagi yana bir havza suvining qurishi oqibatida ko‘rinishidan mo‘jaz bir qishloq tasavvurini beradigan manzara yuzaga chiqqan edi.

Angliyaning Janubi-Gʻarbiy qismida joylashgan Kolliford ko‘li havzasida esa qadimiy daraxtlarning qoldiqlarini ko‘rish mumkin. Bu mintaqa 1980 yilda suv ostida qolgandi.