12 sentyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 24-26 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda (2500 metrdan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.