Oʻzbekiston Ukraina tashqi ishlar vazirligiga nota yoʻlladiм

Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy nota yubordi. Bu haqda Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, rasmiy nota ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan ushbu mamlakat hududida jang qilgan goʻyoki ikki oʻzbekistonlik qoʻlga olingani aks etgan video xususida joʻnatilgan.

«Shu munosabat bilan batafsil va ishonchli maʼlumot olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy nota yubordi» deyiladi elchixona rasmiy saytida berilgan xabarda.