Marsdagi tadqiqotlar uyerda hayotning mavjud yoki yo‘qligini aniqlash uchun izlanishlar olib borish bilan birga, hozirgacha eng muhim bo‘lgan bir qancha dalillarni to‘pladi. Qo‘lga kiritilgan namunalarning organik moddalar ekanligi ma’lum bo‘ldi. NASA Marsga 2020 yil 30 iyulda uchgan edi.
Oradan 7 oy o‘tgach, 18 fevralda qo‘ndi. Joriy yilning fevral oyida esa Marsda eng uzoq masofa – 245, 76 metrni bosib o‘tgan “Perseverance” Marsda bor yoki yo‘qligiga doir bir qancha muhim dalillarni qo‘lga kiritdi.
Yaqin kunlarda qo‘lga kiritilgan ba’zi dalillar Marsdagi Jezero nomli hududda 3,5 milliard yil oldin bu joyda hayot mavjudligiga ishora qilmoqda. Ushbu loyiha ishtirokchilaridan biri bo‘lgan olim Ken Farley, “Biz o‘rganayotgan toshlar, loyiha asnosida qo‘lga kiritgan eng yuqori ko‘rsatgichli organik modda konsentrasiyasiga ega” deydi.
Loyiha jamoasi toshlardan biriga “Vildjat Rij” nomini berdi. So‘z yuritilayotgan ushbu tosh, katta ehtimol bilan milliyard yillar oldin yomg‘ir va mayda qumlar yig‘ilishi natijasida tuzli suv ko‘liga to‘planib qolish natijasida paydo bo‘lgan. Marsdagi texnika tosh yuzasini qazdi va uyerda hayot mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarni organiklar hamda kimyoviy moddalarni aniqlaydigan asbob bilan tekshirdi.
Olib borilgan tekshiruvlar, organik minerallarning aromatik moddalar yoki sulfatlar bilan aralash karbonad va vodorod molekulalari ekanligini aniqladi.
Marsda avval ham organik modda topilgan edi. Faqat bu safar olib borilgan tadqiqotlar natijasida qo‘lga kiritilgan organik moddalar bir zamonlar hayot mavjud bo‘lgan hududdan topildi.