“Og‘riq nuqta”: Erta tug‘ruq bo‘yicha statistika e’lon qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasida 20 va undan kichik yoshda farzandli bo‘lgan ayollar soni 46 173 nafarni tashkil etgan.

Hududlar kesimida qayd etilgan 20 va undan kichik yoshda birinchi marta farzandli bo‘lgan ayollar soni quyidagicha:
• Qoraqalpog‘iston R. – 1 403 nafar
• Andijon viloyati – 4 941 nafar
• Buxoro viloyati – 2 070 nafar
• Jizzax viloyati – 1 608 nafar
• Qashqadaryo viloyati – 4 323 nafar
• Navoiy viloyati – 990 nafar
• Namangan viloyati – 4 647 nafar
• Samarqand viloyati – 7 282 nafar
• Surxondaryo viloyati – 3 702 nafar
• Sirdaryo viloyati – 1 010 nafar
• Toshkent viloyati – 3 387 nafar
• Farg‘ona viloyati – 6 307 nafar
• Xorazm viloyati – 1 289 nafar
• Toshkent shahri – 3 214 nafar